Giyohvandlikdan davolanayotgan bemorga narkotik moddasini olib kirishga uringan shahs qo‘lga olindi.
Joriy yilning 18 iyun kuni soat taxminan 18:40larda Buxoro shahri narkologiya markazida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan nazorat o‘tkazish punktida ushbu muassasada davolanayotgan bemor T.O.dan xabar olishga kelgan buxorolik 32 yoshli fuqaro B.A. to‘xtatilib,tekshirilgan.
Tekshiruv jarayonida bemor uchun olib kelingan narsalar ko‘zdan kechirilganda, kefir mahsuloti idishiga joylangan tibbiyot shpris ichida 6 gramm “krokodil” nomli giyohvandlik moddasiga o‘xshash suyuqlik moddasi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, material va ashyoviy dalillar qonuniy chora ko‘rilishi uchun ichki ishlar organiga topshirilgan.