Jizzax viloyatida xodimlarning tezkorligi sababli o‘z joniga qasd qilishga uringan inson hayoti saqlab qolindi
Joriy yilning 9 avgust kuni soat taxminan 8:10 larda Jizzax shahridagi “Istiqlol” bolalar bog‘i hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari metall to‘siqqa arqon bog‘lab,o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan erkakni ko‘rib qolgan va uni noto‘g‘ri qadam tashlashdan qaytarishgan.
Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida nomaʼlum fuqaro 37 yoshli Q.B. ekanligi aniqlangan.
Hozirgi kunda mutaxassis psixologlar tomonidan fuqaro Q.B bilan psixologik ishlar olib borilmoqda.