“XALQ BILAN ARMIYA – BIR TANU BIR JON!”
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil yetilganligining 32 yilligi" hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim saviyasi va dunyoqarashini kengaytirish, ona Vatanga muhabbat tuyg‘usini oshirish maqsadida Milliy gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasida “Xalq bilan armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Tadbir davomida harbiylar ishtirokida qurollar va maxsus vositalar ko‘rgazmasi, Chavandozlar maktabi otlarining chiqishlari hamda kamondan otish sport turi bo‘yicha mahorat darslari namoyish etilib, yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Tadbir 200 ga yaqin ishtirokchilarni qamrab olindi. O‘tkazilgan tadbir yoshlar uchun bir olam taʼsirotlarga boy tarzda o‘tdi.