Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

Xalqaro hamkorlik doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev va Buyuk Britaniyaning Mudofaa vaziri o‘rinbosari Lord Vernon Koker bilan ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timotti Smart va Harbiy attashesi Robin Stedman hamda Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Kristofer Keylar ishtirok etishdi.
Do‘stona va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashdilar. Shu bilan bir qatorda, o‘zaro tashriflar, qo‘shma treninglar, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etishning ijobiy natijalari sarhisob qilindi.
O‘z o‘rnida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi ham kelgusida Milliy gvardiya bilan hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berishini aytib, o‘rnatilgan do‘stona aloqalarini  yanada kengaytirish va mustahkamlash borasida fikr mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv o‘zaro hurmat va ishonch ruhida bo‘lib o‘tdi.

 

 

Text to speech