Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY XIZMATCHILAR MUSOBAQADA BAHSLASHMOQDA

Milliy Gvardiya qo‘mondonligi tomonidan harbiy xizmatchi va xodimlarning jismoniy shayligi va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Buning natijasida har bir xizmatchining salomatligi mustahkamlanib,sport madaniyati va vatanparvarlik tuyg‘ulari yuksaklik sari shakllanib bormoqda.

Jumladan, kuni kecha Xorazm viloyati “Yoshlik” sport majmuasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi chempionati hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda mezbon Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Buxoro viloyati boshqarmasi jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi. Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqada Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib turnirning Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Bunday tadbirlar o‘z navbatida Qurolli kuchlar tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning jismoniy baquvvatligini oshirib, o‘zaro hamjihatlik, birdamlik va do‘stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech