HARBIY QISMGA SAYOHAT MAZMUNLI O‘TDI
Joriy yilning 2 avgust kuni Urganch shahrida joylashgan "Oilaviy bolalar uyi" tarbiyalanuvchilari uchun Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasiga sayohat tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlar yo‘riqchi harbiy xizmatchilar yordamida harbiy qism hududi bilan tanishtirilib, harbiy sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va bolajonlar o‘rtasida samimiy, do‘stona aloqalar o‘rnatilib, rahbariyat tomonidan kelajakda Vatanimiz ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shadigan vatanparvar o‘g‘il-qizlar bo‘lib yetishishlari borasida ezgu tilaklar bildirildi.
Ushbu tadbir bolalar xotirasida iliq taassurot qoldirib, ular harbiy qismga tez-tez kelib turish istagini bildirishdi.