Harbiy xizmatchilar tomonidan o‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatildi
Kuni kecha bayram arafasida Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari belgilangan hududda jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini taʼminlayotgan vaqtda qabristonga tashrif buyurganlardan birining, 70 yoshli fuqaro K.S.ning to‘satdan ahvoli og‘irlashgan.
Harbiy xizmatchilar tomonidan tez yordam chaqirilib, shifokorlar kelguniga qadar fuqaro K.Sga birinchi yordam ko‘rsatilgan.