Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida shaxmat sporti bo‘yicha "Milliy gvardiya birinchiligi" musobaqasi o‘tkazildi

Davlatimiz rahbarining "Shaxmatni yana-da ommalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston shahrida joylashgan Yoshlar markazida Milliy gvardiya hududiy boshqarmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida mazkur sport bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi o‘tkazildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar shaxmat sportining rapid yo‘nalishida o‘zaro kuch sinashishdi. Bellashuv qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tib, jarayonlar malakali hakamlar tomonidan adolatli baholab borildi.
Yakunda yakkalik va jamoa bahslarida g‘oliblar aniqlandi. Umumjamoa hisobida III o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Milliy gvardiya boshqarmasi, II o‘rinni “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi, faxrli I o‘rinni Milliy gvardiya harbiy qismi jamoasiga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuni taʼkidlash joizki, bu kabi musobaqalar harbiy xizmatchi va xodimlarning bilimlarini oshirish bilan bir qatorda, o‘zaro jamoa bo‘lib bir maqsad sari harakat qilishlari uchun keng zamin yaratmoqda.

Text to speech