HARBIYLAR BILAN SUHBAT VATANPARVARLIK TUYG‘USINI OSHIRADI
Yoshlarni barkamol inson etib kamol toptirish, harbiy kasbga qiziqtirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Harbiy qismda bir kunim" shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Andijon viloyati Jalaquduq tumanida istiqomat qiluvchi 250 nafar yoshlar jalb qilingan ushbu tadbirda harbiy xizmatchilarning jang sahna ko‘rinishlari va qurol-aslaha ko‘rgazmasi namoyish etildi. Kelajakda harbiy bo‘lish istagini bildirgan ko‘plab o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Ishtirokchilar harbiylik kasbi masʼuliyati, vazifalari, Vatan oldidagi burch haqida ko‘plab maʼlumotga ega bo‘ldilar.