Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish jarayonini zamonaviy axloqiy-psixologik metodikalari mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili- Bolalar ombudsmani va Milliy gvardiya qo‘mondoni uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga oid  hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Milliy gvardiya Bolalar psixologiyasi markazi binosida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) S.Raxmonovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlatimiz rahbarining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida qonunbuzarlik profilaktikasi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish jarayonini zamonaviy axloqiy-psixologik metodikalari, o‘quvchi  yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilg‘or yutuqlari va axborot texnologiyalari asosida tashkil etishda kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shundan so‘ng Bolalar psixologiyasi markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishilib, Markaz mutaxassislarining ilg‘or tajribalar asosidagi psixologik-pedagogik tarbiyalashning yangicha yondashuviga muvofiq, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar o‘rtasida turli ko‘rinishdagi ruhiy jarohatlar, xulq og‘ishlarni oldini olish hamda barvaqt profilaktika qilish borasidagi samarali ishlariga yuqori baho berildi.

Ushbu markaz xizmatidan unumli foydalanish borasidagi dolzarb masalalar va hamkorlik rejalari ham belgilab olindi.

Text to speech