Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

XODIMLARNING TO‘G‘RI MUNOZARASI TUFAYLI JINOYATNING OLDI OLINDI.

Joriy yilning 20 iyul kuni soat 15:44 da Andijon shahar Qo‘riqlash bo‘limiga xodimlar tomonidan qo‘riqlanayotgan Chorguzar ko‘chasi, 12-uyda joylashgan 2-sonli tug‘ruqxonadan “tashvish” xabari kelib tushgan.

Tezkor guruh xodimlari tug‘ruqxonaga yetib borganida, Asaka shahrida yashovchi 1978 y.t. fuqaro R.D tug‘ruqxona bosh shifokori Q.Sning xizmat xonasiga kirib, eshikni ichki qismidan qulflab olgan holda, tug‘ruq vaqtida vafot etgan farzandining o‘limida shifokorlarni ayblab,uni o‘ldirish bilan tahdid qilayotgani maʼlum bo‘lgan. Xodimlar huquqbuzardan eshikni ochishni so‘raganda, u prokurorni chaqirishni talab qilgan.

Voqea joyiga Andijon shahar IIO va FMB rahbarlari, Andijon shahar prokurori yetib kelib, fuqaro R.D.ni eshikni ochishga ko‘ndirgan. THG xodimlari xonaga kirganda huquqbuzarning yonida o‘tkir tig‘li pichoqlar va shurup qotirish uskunasi borligi aniqlangan. Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari Andijon shahar IIB tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech