IMTIHON ASOSIDA ENG MUNOSIBLAR SARALANDI
Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan Namangan viloyatidagi 58-sonli va tumanlarda joylashgan 5 -6 hamda 11-sonli Ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablarda 6-sinf bitiruvchilaridan Milliy gvardiya sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik fanidan sinov imtihonlari o‘tkazildi.
Imtihon davomida har bir o‘quvchilar o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rishib, hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholandilar.