RASMIY XABAR
Human.uz saytida Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyning bir qancha aholisi tomonidan xonadonlarning qurilish sifatidan noroziligi to‘g‘risida maqola va video e'lon qilingan edi. Ta'kidlash joizki, mazkur ko‘pqavatli uylardan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlariga ham uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti asosida xonadonlar ajratilib,tegishli idoralar tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan uy-joy qiymatining 25 foiz miqdorida boshlang‘ich badal to‘lab berilgan. Bundan oldin Milliy gvardiya qo‘mondonligi nomiga imtiyozli uy-joy qurilishi sifati yuzasidan shikoyatlar bo‘lmagan.
Fuqarolar tomonidan ommaviy axborot vositalariga murojaati yuzasidan Milliy gvardiya ishchi guruhi vaziyatni joyida o‘rgandi.
Shuningdek, Murojaatchilar hamda Milliy gvardiya Kadrlar boshqarmasi, "O‘zshahar qurilish invest" qurilish kompaniyasi va "Avayxon obod grup" servis boshqaruv kompaniyasi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Xonadonda yashovchilar tomonidan ko‘rsatilgan barcha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, Milliy gvardiya bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish uchun veb-saytda ko‘rsatilgan telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.