Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazini muvaffaqiyatli yakunlagan 159 nafar bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi
Davlatimiz rahbarining 2021 yil 3 martdagi "O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Milliy gvardiya boshqarmalaridan 101 nafar, Ichki ishlar vazirligidan 45 nafar, Mudofaa vazirligidan 13 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga belgilangan reja asosida navbatdagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, o‘zlarining kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Marosim yakunida o‘quv yig‘inini tamomlagan jami 159 nafar tinglovchilarga tantanali sertifikatlar topshirildi.