Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Jamoat xavfsizligi universiteti yana bir katta sport bayramiga mezbonlik qilmoqda

Joriy yilning 5 noyabr kuni Jamoat xavfsizligi universitetida “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” oldidan “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun” shiori ostida Kuch tuzilmalari oliy oʻquv muassasalari kursant va talabalari oʻrtasidagi spartakiadasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, polkovnik Mirzayusuf Rustambayev spartakiadani ochiq deb eʼlon qilgach, soʻz Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Anvarjon Abdumuxtorovga berildi. U tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib, ishtirokchilarga gʻalabalar tiladi. Shundan soʻng soʻzga chiqqanlar ham mazkur spartakiada anʼanaviy tus olishiga tilak bildirdilar. Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy orkestri davraga yanada koʻtarinki ruh bagʻishladi.
Tantanali ochilish marosimidan soʻng, Jamoat xavfsizligi universitetining keng, yorugʻ sport zallari, maydonlari qizgʻin musobaqalar shukuhiga toʻldi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasining bojxona instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti sport jamoalarining har bir chiqishini muxlislar katta olqish va hayajon bilan qutladilar.
Bu nufuzli sport bayrami yillar davomida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib, yangi-yangi sport yulduzlarini kashf etishiga ishonamiz.

Text to speech