Milliy gvardiya harbiy xizmatchi, xodim sportchilarining 2022 yil kuz va qish mavsumida ishtirok etadigan nufuzli xalqaro sport musobaqalari taqvimi
“Sambo asoschilarining xotirasiga bag‘ishlangan Jahon kubogi” Xalqaro turniri
Bo‘lib o‘tadigan manzili: Moskva, Rossiya
Bo‘lib o‘taligan sanasi: 9-12 sentyabr
Milliy gvardiya nomidan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi serjant Ulugbek Rahmonov ishtirok etadi.
GRAND SLAM GERMANY OPEN-2022, Jiu-jitsu bo‘yicha turnir
Bo‘lib o‘tadigan manzili: Germaniya
Bo‘lib o‘taligan sanasi: 27 sentyabrdan 2 oktyabrga qadar
Milliy gvardiya nomidan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi serjant Ulugbek Rahmonov va kichik serjan Xusan Rahimovlar ishtiok etadi.
Boks bo‘yicha xalqaro turnir
Bo‘lib o‘tadigan manzili: Bolgariya
Bo‘lib o‘taligan sanasi: 18-23 sentyabr
Milliy gvardiya nomidan Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi oddiy askar Navbahor Hamidova Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi katta o‘qituvchisi podpolkovnik Elshod Rasulov murabbiyligida ishtirok etadi.
BUTUNJAHON ETNOSPORT KONFEDERATSIYASI SHAFEʼLIGIDA BO‘LIB O‘TADIGAN IV KO‘CHMANCHI XALQLAR O‘YINLARI
Bo‘lib o‘tadigan manzili: Turkiya
Bo‘lib o‘taligan sanasi: 26 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar
Milliy gvardiya nomidan Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi serjant Dilafruz Mamadjonova ishtirok etadi.
TAEKWON-DO ITF JAHON KUBOGI
Bo‘lib o‘tadigan manzili: Sloveniya
Bo‘lib o‘taligan sanasi: 1-9 oktyabr
Milliy gvardiya nomidan Jamoat xavfsizligi universiteti 4-kurs kursanti Saidolim Hamdamov qatnashadi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati
Bo‘lib o‘tadigan manzili: Baxrayn
Bo‘lib o‘taligan sanasi: 5 -15 oktyabrya
Milliy gvardiya nomidan Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi oddiy askar Doston Yokubov ishtirok etadi.
Bundan tashqari, D.Yoqubov 18 oktabr – 4 dekabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi va 5-16 dekabr kunlari Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Sportchilarimizga omad, kuch, g‘ayrat va shijoat tilab qolamiz! Sizlarni g‘alaba bilan kutamiz!