Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Kamondan otish sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqada yuqori natija ko‘rsatib, Parij-2024 yozgi olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar qo‘mondonlik tomonidan munosib taqdirlandi

Kamondan otish sport turi bo‘yicha joriy yilning 13-17 iyun kunlari Antalya shahrida bo‘lib o‘tgan Yakuniy Jahon kvalifikatsion turnirida Milliy terma jamoa aʼzosi Sadikov Amirxon turnirning barcha bahslarida raqiblarini katta farq bilan yutib, birinchi o‘rinni egalladi va oltin medal bilan Parij-2024 yozgi olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu esa mohir kamonchimiz tomonidan qayt etilgan tarixiy natija bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Ziyodaxon Abdusattorova ham Tailandda o‘tgan Parij-2024 litsenzion turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz uchun tarixda mazkur sport turida ilk Olimpiada yo‘llanmasini taqdim qilgan edi.
Shu munosabat bilan bugun Milliy gvardiya qo‘mondoni, Kamondan otish federatsiyasi raisi R.Djurayev mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va uning rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib, sportning Kamondan otish sport turi bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro turnirlarni tashkil etilishida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan sportchi va murabbiylar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan mohir merganlarimiz Sadikov Amirxon, Abdusattorova Ziyoda hamda xorijiy murabbiy Kim Myongsyon, murabbiylar Savinova Irina, Kurvyakov Anton, Aripova Gulnara, shu bilan bir qatorda terma jamoaga yaqindan psixologik ko‘mak berib kelayotgan mutaxasislar Akbarova Komola, Ribchenko Irina, Kim Yuliyalarga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining III-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni, qo‘l soatlari va qimmatbaho esdalik sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, ushbu tadbirda Markaziy devon boshqarma boshliqlari, sohaning masʼul xodimlari hamda harbiy xizmatchi va xodimlari ham ishtirok etib, tarixiy natija bilan qutlashdi.
O‘z navbatida so‘z olgan sportchi va murabbiylar mazkur erishilayotgan yutuqlar zamirida davlatimiz Rahbari tomonidan qaratilayotgan eʼtibor hamda Kamondan otish federatsiyasida so‘nggi yillarda yaratilgan shart-sharoitlar muhim o‘rin tutayotganligini alohida tilga olib, chuqur minnatdorchilik bildirishdi.
Tadbir so‘ngida Kamondan otish bo‘yicha milliy terma jamoasi aʼzolari bilan kelgusidagi istiqbolli rejalar muhokama qilinib, Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Parij-2024 yozgi olimpiya o‘yinlariga bor kuch va g‘ayratni safarbar qilgan holda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, davlatimiz madhiyasini yangrashi hamda bayrog‘imizni sportchilar tomonidan yuqoriga ko‘tarilishi oliy maqsad etib belgilandi.

Text to speech