KARANTINGA OLINGAN HUDUDLAR NAZORATI KUCHAYTIRILDI
Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida karantinga olingan obyektlarda Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o‘z xizmat faoliyatini olib bormoqda.
Xususan, harbiy xizmatchilar Qarshi shahrida karantinga olingan 4 ta obyektlarda davolanayotgan fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, tibbiy nazoratdagi yurtdoshlarimizning o‘zboshimchalik bilan belgilangan hududni tark etishlarining oldini olish maqsadida xizmat o‘tamoqda.
Xavfsizlikning bu tarzda kuchaytirilishi, shubhasiz, hamyurtlarimiz salomatligi hamda mamlakatimizning ushbu kasallikdan talafotsiz va tezroq xalos bo‘lishiga zamin yaratadi.