KATTA SPORT – KATTA MARRA DEMAKDIR
Yoshlarimizni sport turlariga yo‘naltirish hamda o‘z imkoniyatlari doirasida sport bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat va turtki berish, o‘z ishining mohir ustalari yaʼni chempionlarimizning vazifasidir. Shunday maqsad va jangovar ruhda tashkil etilgan davra suhbatining navbatdagisi yoshlar oyligi munosabati bilan Yoshlar agentligi Chilonzor tuman bo‘limi binosida tuman hokimligi, Milliy gvardiya sportchi harbiy xizmatchilari ishtirokida tashkil etildi.
Uchrashuvda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni A.Jonibekov, yengil atletika bo‘yicha Osiyo va O‘zbekiston chempioni S.Proshkina, Taekwondo WTF va qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempioni, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori U.Abdullayevalar qatnashdi.
Savol javoblarga boy tarzda o‘tkazilgan uchrashuv yoshlar ongida hayotga, sportga va kelajakka bo‘lgan qiziqishni yana-da oshirish uchun xizmat qildi.