KO‘MIR KONIDAGI JINOYAT FOSH ETILDI
Joriy yilning 29 mart kuni olingan xabarga ko‘ra, Angren shahar Ko‘mir konlari hududlarida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli Angren ko‘mir koni ishchilari Q.B., R.L. va N.I. lar o‘zaro til biriktirib, fuqaro N.I.ga biriktirilgan GAZ-5204 rusumli, davlat raqami 10 480 VAA avtomashinasiga noqonuniy ravishda rasmiylashtirilgan soxta hujjatlar bilan 60 metr 3x35-2x25 markali 14772780 so‘mlik kabel simlarini yuk xatida ko‘rsatilgan manzilga olib bormasdan, Angren shahar Chinobod mahallasida joylashgan ko‘mir omboriga tushirayotgan vaqtida Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Angren shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.