“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi
Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. So‘zga chiqqanlar korrupsiyaning davlat va fuqarolik jamiyati hayotining barcha jabhalari rivojiga salbiy taʼsiri haqida gapirib o‘tdi. Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish har bir fuqaroning burchi ekanligi taʼkidlandi.