Qo‘riqlash xizmati afzalliklaridan foydalangan xonadonda o‘g‘rilikning oldi olindi
Joriy yilning 31 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jeyli tumanida sodir bo‘lgan voqeadan “Qo‘riqlash” xizmati tomonidan o‘zlariga topshirilgan obyektlarni ishonchli qo‘riqlanayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Qo‘riqlash xizmati afzalliklaridan foydalanib xonadoniga kuzatuv va tashvish signali moslamalarini o‘rnatgan fuqaro M.N. uzoq muddat safarda bo‘lganligi va uyida hech kim bo‘lmaganligini bilgan notanish shaxs o‘zining g‘arazli niyati bilan ushbu uyga o‘g‘irlikka tushmoqchi bo‘lgan.
Shu vaqtning o‘zida “Qo‘riqlash” bo‘linmasiga “tashvish” signali kelib tushgan va voqea joyiga tezkor harakatlanuvchi gurux zudlik bilan yetib borib, xonadon eshigi qulfini buzib kirgan shaxsni joyida qo‘lga olishgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu shaxs 56-yoshli fuqaro U.B. ekanligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan Xo‘jayli tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.