Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MUSTAHKAM OILA - JAMIYAT POYDEVORI

Kuni kecha Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tasarrufidagi harbiy qismda oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzi va farzandlar tarbiyasiga bo‘lgan yondashuvlarni namunali darajada ko‘tarishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari ishtirok etib, unda har bir oilaning huquq va manfaatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, oilaviy munosabatlar muvozanatini taʼminlash, oilalar farovonligini oshirish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida alohida tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga inson hayotida muhim omil sanalgan taʼlim-tarbiya avvalo oiladan boshlanishi, qolaversa, oila tinch, mustahkam va farovon bo‘lsagina, jamiyatda rivojlanish bo‘lishi haqida alohida taʼkidlanib, bunga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shmoq, fuqaro sifatida barchamizning burchimiz ekanligi yana bir bor eslatildi.

Text to speech