MAHALLALARDA YANGI YIL SHUKUHI
Respublikamizning shahar, viloyat va tumanlar kesimida mahallalar bo‘ylab turli vazirliklarning masʼul xodimlari tomonidan aholining turmush tarzi yaqindan o‘rganilganligi natijasida ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga doimiy ko‘mak berilishi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri “Qavali mahallasi” da yashovchi kam taʼminlangan va boquvchisini yo‘qotgan 10 nafar xonadonga va Yakkabog‘ tumani hududida joylashgan “Sahovat” internat uyida yashovchi nuroniylar holidan xabar olish uchun tuman hokimi hamda Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati masʼul xodimlari birgalikda tashrif buyurib yangi yil bayrami munosabati bilan sovg‘alar ulashdilar.