Mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish borasida 2026-yil 5-yanvarda imzolangan 1 va 2-sonli qarorlarda belgilangan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida joriy yilning 3-aprel kuni Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 2025-yilda “qizil” toifada bo‘lgan “Sabzavot” mahallasiga borilib, mahalla yettiligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi va ularning axborotlari tinglandi.
Mazkur qarorlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” bilan tanishilib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahallada tashkiliy-profilaktik ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli takliflar berildi.
Shuningdek, mahalladagi “Uch qahramon” bozori ko‘zdan kechirilib, ko‘chalarda jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillar o‘rganildi. Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, mahalladagi “Raxima ota” jome masjidiga tashrif buyurilib, u yerda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan choralar bilan yaqindan tanishildi.