MEHRIBONLIK UYIDA QUSHLAR KO‘RGAZMASI TASHKIL ETILDI
Kuni kecha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi mutasaddi rahbarlari Termiz shahrida joylashgan 12-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, tashrif doirasida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘rnatilib, ularga kelajakda kuchli va irodali bo‘lishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Shundan so‘ng, tarbiyalanuvchi o‘g‘il-qizlar uchun qushlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Sherobod tumanidagi moʻjizakor gapiruvchi “Gosha” laqabli qarg‘a yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Mazkur ko‘rgazma yoshlarda ona tabiatga, qanotli do‘stlarga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini ortishiga xizmat qildi.