Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARI UCHUN HARBIY QISMDA "OCHIQ ESHIKLAR" KUNI TASHKIL ETILDI

Kuni kecha Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida "Ochiq eshiklar" kuni o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy qismda mavjud o‘q otar qurollar, maxsus vositalar, jangovar texnikalar hamda patrullik xizmatini olib borishda foydalaniladigan xizmat itlarning jangovar xususiyatlari va qo‘llanilishi haqida atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Yosh avlodni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash va harbiylik sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda nafaqat o‘g‘il bolalar balki qizlar ham ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish barobarida ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Albatta bu kabi tadbirlarning davomiyligi yurt tinchligi uchun xizmat qilayotgan harbiylarning safi kengayishiga sabab bo‘lishi shubhasiz.

Text to speech