MEHR OQIBAT VA SAXOVAT AYYOMI
Mamlakatimizda dorilamon kunlarga shukronalar aytish, mustaqilligimizni mustahkamlash hamda yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan yoshi ulug‘ insonlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazish Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun ezgu an'anaga aylangan.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida yashovchi ikkinchi jahon urishi qatnashchilari Ernazar ota Xasanov, Raxmon ota Qurbonov hamda 111 yoshli Ro‘ziboy bobo Sattorovlar xolidan xabar olinib, yoshlarni yuksak vatanparvarlik tuyg‘usida tarbiyalashga xizmat qiladigan ma'naviy davra suhbatlari o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida urush faxriylari ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnunligini aytib, yosh harbiy xizmatchilarga xizmat yo‘lida ulkan zafarlar tiladilar.