“Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqasining Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat bosqichlari oʻtkazilmoqda. / /Muddatli harbiy xizmatchilar bilan o'q otish va maxsus tayyorgarlik mashgʻulotlari olib borilmoqda. / / Milliy gvardiya tizimida maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni tashkil etishni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan oʻquv seminari o’tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha navbatdagi oʻquv yigʻini yakunlandi. / / Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtashga bel bogʻlagan yosh askarlar Vatanga qasamyod qilishdi. / / Milliy gvardiya faoliyatiga doir 2025 yil uchun belgilab olingan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat yig‘ilishi o‘tkazildi. / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Kinologiya xizmati jamoasi “Oʻzbekiston сhempionati – 2025” koʻrgazmasida turli nominatsiyalar boʻyicha faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

MILLIY GVARDIYA MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT MARKAZIDA TASHKILLASHTIRILGAN “JADIDLARGA MUNOSIB AVLODLARMIZ” SHIORI OSTIDAGI TADBIR TIZIMDAGI BARCHA O‘QUVCHI YoSHLARNI BIR MAQSAD SARI BIRLASHTIRDI

Jadidlarga munosib avlodlarmiz

 Buyuk jadid maʼrifatchilarimiz ilgari surgan  “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan shior ayni bugungi kunimiz uchun Yangi O‘zbekiston uchun aytilgan nihoyatda tasirchan kuchli bir davatdir. Chindan ham biz Vatan posbonlari hamisha Tilda, fikrda, ishda hamjixat bo‘lib harakat qilishimiz zarur, bu ezgu va oliyjanob g‘oya butun halqimiz avvalam bor farzanlarimiz qalbidan chuqur joy egallishi kerak.

                                                                                           Sh.MIRZIYOYEV

Muxtaram Prezidentimizning yosh avlodni tarbiyalash, ularning maʼnaviyatini oshirish, Vataniga, Xalqiga sodiqlik xissini kuchaytirishga qaratayotgan sayi harakatlari zamirida Davlatimizning kelajagi turganligini anglash mumkin.

Albatta, ushbu tashabbuslar Mamlakatimizni o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga olib chiqishda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlarni yetishtirib chiqarish kabi dolzarb vazifalarni qamrab olgan.

Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-maʼrifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yana-da chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur.

Ular millatni kuchli millat qilib tarbiyalashni maqsad qilgan edilar. Jaholat va qoloqlikka qarshi maʼrifat bilan kurashish, ana shu asosda hurriyatga erishish, Vatanning buyuk shaʼnu shavkatini tiklash jadid taʼlimotining o‘zak g‘oyasi hisoblanadi.

Bu maʼnaviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi.

Aslida jadid bobolarimiz isloxotchigina emas, eng avvalo kuchli kurashchi bo‘lmaganlarida Yangi Turkiston orzusi yashab qolmagan bo‘lardi va bugungi kunga kelib Yangi O‘zbekiston orzusiga aylanmagan bo‘lardi.

Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda “Buyuk jadid maʼrifatchilarimiz ilgari surgan “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan shior ayni bugungi kunimiz uchun Yangi O‘zbekiston uchun aytilgan nihoyatda taʼsirchan kuchli bir davatdir. Chindan ham biz Vatan posbonlari hamisha Tilda, fikrda, ishda hamjixat bo‘lib harakat qilishimiz zarur, bu ezgu va oliyjanob g‘oya butun halqimiz avvalam bor farzandlarimiz qalbidan chuqur joy egallishi kerak”.

Tilda, fikrda, ishda yakdil bo‘lolmaslik, aslida payimizni poylayotgan asosiy dushmanimizdir va bu ichki dushmanimizni yakson qilmasak, tashqi dushman oldida kuchsiz, jonsiz jasad bo‘lib qolamiz, oqibatda o‘zimizga o‘zimiz dushmanlik qilgan bo‘lamiz, o‘zimizga choq qazigan bo‘lamiz, chunki yoppasiga tilimizni ham, fikrimizni ham ishimizni ham buzishga shay bo‘lib turgan tashqi taxdidlar oldida biz ham yoppasiga shay bo‘lishimiz lozim buning uchun esa bizga kuch bag‘ishlaydigan yagona quvvat manbai Vatanga bo‘lgan muhabbatimiz!

  Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, xodimlari va ularning oila aʼzolari hamda yoshlarni maʼnaviyatini oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda asosiy yo‘nalishlarini belgilab olib qo‘shma qaror (memorandum) loyihalari ishlab chiqildi.

Mazkur “Jadidlarga munosib  avlodlarmiz” maʼnaviy-maʼrifiy  tadbirda ham,   Jadid bobolarimiz  isloxatchigina emas eng avvalo kuchli kurashchi bo‘lmaganlarida Yangi Turkiston orzusi shu kungacha yashab,  hozirgi   Yangi O‘zbekiston orzusiga aylanmagan bo‘lishi haqida so‘z boradi.

Tadbirning birinchi kuni yoshlarning O‘zbekiston tasviriy sanʼat galereyasiga tashrifi tashkillashtirilib, unda jadid bobolarimiz hayotiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi namoyish etildi. 

 Yoshlarimizda katta tassurot qoldirgan ushbu ko‘rgazmaning mantiqiy davomi sifatida tashkillashtirilgan mazkur tadbirda,  Milliy gvardiya Markaziy devoni Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Z.Alimov so‘zga chiqib, barcha uchun ulkan masʼuliyat hissi bu Vatanni himoya qilish, chunki shu Vatan hammaniki, demak uni himoya qilish ham barchani vazifasi ekanligini taʼkidlab, jadid bobolarimiz kabi ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlarni yetishtirib chiqarish bugungi kunning eng  dolzarb vazifasi ekanligini alohida eʼtirof etdi.

Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismiga navbat berilib, dastlab tadbir ishtirokchilari uchun yoshlarning ko‘rgazmaga bo‘lgan tashrifidan videolavhalar tomosha qilindi. Shundan so‘ng Jadid bobolarimiz to‘g‘risida Davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan  fikrlari  aks etgan videoroliklar, mavzuga oid sahna ko‘rinishlari, buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlanib kuylangan qo‘shiqlar namoyish etildi.

Jadidlar faoliyatiga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar, monologlar, sahna ko‘rinishlari hamda  maxsus-harbiy sport klubi aʼzolari tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlar barchaga yuqori kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, jahon chempionlari bilan bo‘lgan suhbatdan yoshlar o‘zlari uchun motivatsiyalar olishdi. Mavzu yuzasidan o‘tkazilgan savol-javob viktorinalari g‘oliblari bo‘lsa, munosib taqdirlandi. Milliy gvardiya harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining chiqishlari ham mehmonlarning eʼtiboriga sazovor bo‘ldi va tadbir so‘nggida yangragan “Yangi O‘zbekiston” hamda “Milliy gvardiyam” qo‘shiqlari birgalikda ishtirokchilar kuylashdi.

 

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu