Milliy gvardiya xodimlari va talaba yoshlar o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish vatanparvarlik ruxida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va qamrovini kengaytirish maqsadida Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan joriy yilning 22-yanvar kuni xodimlari va talaba yoshlar o‘rtasida mini futbol musobaqa o‘tkazildi.
O‘tkazilgan musobaqa qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi, nafaqat talabalar balki xodimlar ham bir olam zavq oldilar.
Musobaqa yakunida g‘olib jamoa tashkilotchilar tomonidan diplom, kubok, medallar va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu kichik sport o‘yinlari kelgusida yetuk sportchilar erishib chiqishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.