Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida hamkor vazirliklar bilan birga otaliqqa olingan yoshlar uchun uchrashuvlar va turli tadbirlar tashkil etildi
Tadbir avvalida yoshlar va masʼullar uchrashuvi o‘tkazildi. Unda yoshlarga harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, harbiy oliy o‘quv yurtlari xususida maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. Shundan so‘ng, maxsus texnikalar, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi hamda qo‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Tadbirda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash qaratilgan targ‘ibot ishlari o‘z samarasini berib, kelajagimiz egalarining kelgusida harbiy sohaga qiziqishlari ortib, vatanning mard o‘g‘lonlari bo‘lib yetishadi.