Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari bilan o‘tkazilayotgan Majmuaviy to‘siqlar yo‘lagidagi maxsus taktik tayyorgarligidan amaliy mashg‘ulotlar jarayonlari

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti hududida barpo qilingan mazkur “Majmuaviy to‘siqlar yo‘lagi” universitet kursantlarini maxsus taktik tayyorgarlik fanidan olgan nazariy bilimlarini amaliy mashq qilish orqali malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, takomillashtirish va rivojlantirib borish uchun mo‘ljallangan.

Majmuaviy to‘siqlar yo‘lagi tarkibidagi har bir to‘siqlar bugungi kunda zamonaviy tahdid va xatarlarni oldini olish hamda bartaraf etish bo‘yicha vazifalarni bajarishni mashq qilish uchun barcha sharoitlarni yaratadi. Ushbu joyda olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar natijasida kursantlarda jangovar va maxsus tayyorgarlik sifatlari takomillashib boradi. Majmuaviy to‘siqlar yo‘lagida maxsus taktik tayyorgarlik va boshqa harbiy fanlar bilan o‘zaro bog‘lagan holda majmuaviy mashg‘ulotlarni tashkillishtirish imkonini beradi.

Majmuaviy to‘siqlar yo‘lagini afzallik jihatlari shundaki, unda kursantlarning dala poligonlariga chiqmasdan turib shahar sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarda jangovar va maxsus vazifalarni bajarish hamda mashq qilish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, kursantlarga bir vaqtni o‘zida bir nechta nostandart vaziyatlarni yaratish orqali ularda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini takomillashtiradi hamda bir nechta jangovar sifatlarni shakllantiradi

Text to speech