Milliy gvardiya bo‘linmalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha respublika bo‘lib o‘tdi.
Joriy yili uchun ommaviy-sport tadbirlari kalendar rejasiga asosan, joriy yilning 22-25 yanvar kunlari Milliy gvardiya bo‘linmalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqasi o‘tkazildi. Bellashuv davomida 19 ta jamoa faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun kuch sinashishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin – Toshkent viloyati Milliy gvardiya harbiy qism jamoasiga;
2-o‘rin – Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi jamoasiga;
3-o‘rin – Milliy gvardiya Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qism jamoalariga nasib qildi.
G‘olib va sovrindorlar bo‘lgan terma jamoalar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom, esdalik sovg‘a va kuboklar bilan taqdirlandi.