Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Shaxs faoliyatiga taʼsir etuvchi psixologik omillar hamda mental sog‘lig‘ini profilaktikasi: Muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada Milliy gvardiya qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi, vazirlik va idoralar hamda kuch tuzilmalarining mutsaddi rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, mutaxassis psixologlari va inspektor-psixologlar ishtirok etishdi.   

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari D.Toshmuxamedova o‘zining “O‘zbekistonda bolalarni ijtimoiy farovonlik siyosati” mavzusida, Xalqaro toifadagi spiker, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi,  professor  J.Shermuxamedova bo‘lsa “Oilada-shaxsning shakllanishida-psixologik taʼsir qiluvchi-indekatorlar” mavzusida shuningdek soxaga oid tajribali mutaxassislar o‘z maʼruzalari bilan ochiq muloqot qilishdi

Xususan, konferensiya davomida “Maktab muassasalarida mutaxassis psixologlarning o‘quvchilar bilan ishlashida bolaning eng ustun manfaatlariga rioya qilish zarurati”, “Strategik rejalashtirish”, “Harbiy xizmatchilarning oilalarida farovonlikni taʼminlashda muhim jihatlar” hamda “Harbiy xizmatchilarga psixologik xizmat ko‘rsatishning jaxon tajribalari misolida” kabi mavzular keng muxokama qilindi. Savol-javob va qizg‘in fikr-mulohazalarga boy bo‘lgan mazkur tadbir  o‘zaro tajriba almashishga imkon yaratdi.

Tadbir yakunida konferensiyada faol ishtirok etgan mehmonlar, tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi

O‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolarini ruhiy barqarorligini taʼminlash, kasbiy faoliyatda yuzaga keladigan psixologik muammolarni aniqlab, ularga munosib yechim topish hamda Mehribonlik muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablarining o‘quvchi yoshlari orasida ruhiy tanglik va krizis holatlar profilaktikasi bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlarni belgilash va takliflarni ilgari surishdir.

Text to speech