Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasining dala o‘quv poligonida harbiy xizmatchilar bilan navbatdagi o‘quv-yig‘ini bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda Milliy gvardiya bo‘linmalarida jangovar va maxsus tayyorgarlik yo‘nalishida, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlar inobatga olingan holda, harbiy xizmatchilarni yakka hamda guruh tarkibida jangovar vazifalarni bajarishlariga, shuningdek o‘ziga va sherigiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan o‘quv-yig‘in mobaynida ham, bo‘linmalarga yuklatilgan jangovar vazifalarni samarali bajarilishini takomillashtirish, shaxsiy tarkibni jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha amaliy tayyorgarligini oshirish, mutaxassislarning professional tayyorgarligini yana-da mustahkamlash, shuningdek ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgatishga qaratilgan kompleks mashg‘ulotlar tashkillashtirildi.

O‘quv-yig‘in yakunida barcha egallangan bilim-ko‘nikmalar muhokama qilinib, istiqbolli rejalar belgilab olindi.

Text to speech