Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida hamda barcha hududiy boshqarmalarda "Burch, Sadoqat, Jasorat" shiori ostida yangi 2024-2025 o‘quv yiliga bag‘ishlangan maʼnaviyat darsi bo‘lib o‘tdi.  

Tadbir davlatimiz madhiyasining tantanavor ijrosi bilan boshlanib, Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, markaziy devon ofitserlari, shartnoma asosidagi serjant va oddiy askarlar, muddatli harbiy xizmatchilar hamda ishchi xizmatchilar ishtirok etishdi.
Dastlab so‘zga chiqqan Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari A.Sormonkulov bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, shu jumladan Milliy gvardiya tizimidagi barcha bo‘linmalarda 2024/2025 o‘quv yili boshlanganligini taʼkidlab samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, yangi o‘quv yili, tizimda xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchi va xodimlardan qatʼiy intizom, yuqori professional tayyorgarlik va jangovar shaylik, vatanparvarlik, xalq va armiya o‘rtasidagi rishtani mustahkamlash talab qilinishiga alohida urg‘u berildi.
Shundan so‘ng, o‘quv yilining dastlabki maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘uloti “Dunyo va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat va uning rivojlanish tendensiyasi” mavzusida o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida dunyoda shiddatli geosiyosiy qarama-qarshiliklar kuzatilayotgani, mafkuraviy xurujlar tobora avj olib tahdidlarga aylanayotgan, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan sharoitda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini so‘zsiz taʼminlash yuzasidan nazariy bilimlar berildi.

Text to speech