Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya saflarida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Milliy gvardiya saflarida bir yil mobaynida yigitlik burchini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar tantanali ravishda o‘z yashash manzillariga kuzatib qo‘yildi.

Milliy gvardiya harbiy qismlarida xizmat olib borgan muddatli harbiy xizmatchilar jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida xizmat o‘tash bilan birga jismoniy tarbiya, jangovar va maʼnaviy – maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo‘yicha bilim olishib, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalandilar. Milliy gvardiya markaziy devoni va harbiy qismlarida o‘tkazilgan tadbirlarda muddatli harbiy xizmatni namunali o‘tagan 350 nafar harbiy xizmatchilarning ota-onalariga Milliy gvardiya qo‘mondonligi nomidan tashakkurnomalar va test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 1350 nafar askarlarga O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirishlari uchun tavsiyanomalar topshirildi. Bundan tashqari 750 nafariga esa ota onalariga minnatdorchilik xati taqdim etildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya tizimida kadrlar tayyorlash hamda rezervini yaratish maqsadida o‘tkazilgan kasbiy saralashda muvaffaqiyatli ishtirok etgan muddatli harbiy xizmatchilar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga va qo‘riqlash xizmatiga xodim sifatida qabul qilinadigan bo‘ldi. Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni tamomlab o‘z hududlariga qaytgan yigitlarning bandligini taʼminlash maqsadida ham manzilli ishlar olib boriladi. Ular maktablarda qorovullik lavozimlariga qabul qilinishadi.

Milliy gvardiya saflarida xizmatni o‘tab qaytayotgan har tomonlama yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar o‘z hududlariga borganda albatta, ilg‘or sohalarning muhim vakillari bo‘lishadi. Toshkent janubiy temir yo‘l vokzalida xizmatdoshlari bilan xayrlashgan askarlar harbiy orkestr sadolari ostida tantanali ravishda o‘z viloyatlariga kuzatib qo‘yildi.

Text to speech