Milliy Gvardiya harbiy xizmatchisi sportning "Jiu jitsu" turi bo‘yicha Jahon kubogi sovrindori bo‘ldi.
Joriy yilning 16-18 iyun kunlari Isroil davlatining Beer-Sheva shahrida sportning "Jiu jitsu" turi bo‘yicha professionallar o‘rtasida Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu xalqaro musobaqada Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi kichik serjant Rahimov Husan munosib ishtirok etib, 85 kg vazn toifasida kurash olib bordi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra, H.Rahimov 3-o‘rin va bronza medali sovrindori bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda, Xitoyning Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Safdoshimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy qutlaymiz va kelgusi musobaqalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!