Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida “Haydovchi! Tezlik – umr zavoli!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Joriy yilning 19-yanvar kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasida “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda Andijon viloyati harbiy prokuraturasi va Andijon viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Unda harbiy xizmatchi xodimlarga yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablari, qish mavsumida muzlamalarda xavfsizlik talablariga rioya etishlari harbiy xizmatchi va xodimlarning hayoti hamda sogʻligʻini asrash, ularning hayotdan bevaqt koʻz yumishini turli xil jarohatlanish holatlarini oldini olish hamda bunday holatlarni sodir etilishiga turtki beruvchi omillarni barvaqt aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha choralarni koʻrish haqida atroflicha toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, Andijon harbiy prokuraturasi masʼul xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari va talablari yetkazilib, ularning mazmun mohiyati tushuntirib berildi.
Bir soʻz bilan aytganda oʻtkazilgan davra suhbati harbiy xizmatchi va xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirishga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.