Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya tizimlarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun chaqirtirilgan  yurtimiz o‘g‘lonlari bugun "Vatanga qasamyod" qabul qilishdi. Shu munosabat bilan respublikamiz bo‘ylab  barcha harbiy qism va bo‘linmalarda yosh askarlar va ularning yaqinlari ishtirokidagi tantanali marosimlar bo‘lib o‘tdi

 “Vatanga Qasamyod”  yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini himoya qilishdek muqaddas burchni ado etishga bel bog‘lagan har bir yurtimiz mard o‘g‘lonlarining tantanali vaʼdasi, shuningdek   Vatan  himoyasi yo‘lidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani o‘zida mujassam etgan huquqiy hujjat bo‘lib, Qurolli Kuchlar safiga kirgan  yosh harbiy xizmatchining hayotidagi unutilmas kun va tantanali vaʼdasi hisoblanadi.

Shu kunlarda Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya harbiy qism va muassasalariga 2023 yilda yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod qabul qilish marosimlariga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda.  Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bo‘lib o‘tgan tadbirlarda yosh askarlar qasamyodda bitilgan muqaddas so‘zlarni tilga olib, O‘zbekiston xalqiga va Prezidentiga sadoqatli bo‘lishga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini so‘zsiz va vijdonan bajarishga, xalq va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali ravishda vaʼda berdilar. Tadbirda har bir yosh muddatli harbiy xizmatchilarga Prezident sovg‘asi, kitoblar jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda bo‘lib o‘tgan tadbirda   Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev, viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Maxmudov Chirchiq shahar hokimi D.Hidoyatov, hamkor vazirliklar mutasaddi rahbarlari va faxriylar ishtirok etishdi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni  Vatanga qasamyod qabul qilgan barcha yosh askarlarni hamda ularning tadbirda ishtirok etayotgan yaqinlarini samimiy muborakbod etdi. 

Shuningdek, Milliy gvardiya bo‘linmalarida muddatli harbiy xizmat o‘tash uchun kirishayotgan yosh o‘g‘lonlar  bir yil qisqa vaqt  bo‘lsada, har bir daqiqadan unumli foydalangan holda komandirlar tomonidan beriladigan harbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkam egallab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan Milliy gvardiyaga bildirilgan ishonch va uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, “Burch, Sadoqat, Jasorat” shioriga munosib xizmat qilishlariga ishonch bildirildi.

Tantanali tadbirda  so‘zga chiqqanlar xalqimiz tinchiligi va osoyishtaligini, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashdek sharafli va masʼuliyatli vazifaga otlanayotgan o‘g‘lonlarimizga omad tiladi. Joylarda bo‘lib o‘tgan yosh askarlarning harbiy qasamyod qabul qilish marosimlariga jamoatchilik vakillari, ota-onalar, o‘quvchi yoshlar tashrif buyurishdi.

Eʼtiborlisi shundaki bir oy davomida harbiy xizmatga ko‘nikma hosil qila olgan yosh askarlarning ko‘rgazmali chiqishlari barchani birdek hayratda qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘z farzandlarining yigitlik burchini ado etishga kirishganini ko‘rgan ota-onalar faxr tuyg‘ularini  to‘lqinlanib gapirib berishdi.

Marosim so‘ngida harbiy orkestor ijrosidagi musiqali va Faxriy qorovul bo‘linmasining saf chiqishlari, harbiy xizmatchi va o‘quvchi yoshlarning qo‘l jangi usullari, hamda Milliy gvardiya ansambli sanʼatkorlarining vatanni madh etuvchi kuy qo‘shiqlari havola etildi.

Text to speech