Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi ilg‘or tashkilotlar ro‘yxatida

Bugun yigirmadan ortiq vazirlik va idoralar ishtirok etgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi «Eng namunali tuman va shahar» hamda «Eng namunali vazirlik va idora» tanlovlari g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taʼkidlash joizki, bu kabi tanlovlar vazirlik va idoralarda Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va ularning faoliyat natijadorligini oshirishga eʼtibor qaratish, hududlarda maʼnaviy yangilanish, yangi maʼnaviy makonni yaratish, maʼrifatli jamiyat barpo etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni targ‘ib etish hamda jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirishda vazirlik va idoralar ishtirokini yana-da kuchaytirishga qaratilgan.

Qayd etilishicha, bu yil tanlov yangiligi sifatida 5 ta nominatsiya ham joriy etilgan. Xususan, «Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha eng namunali vazirlik-idora» nominatsiyasi bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, «Eng faol kitobxon vazirlik-idora» nominatsiyasi bo‘yicha Kadastr agentligi, «Eng faol targ‘ibotchi vazirlik-idora» nominatsiyasi bo‘yicha Madaniyat vazirligi, «Eng yaxshi vazirlik-idora sayti» nominatsiyasi bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «OAV va ijtimoiy tarmoqlarda eng faol vazirlik-idora» nominatsiyasi bo‘yicha Maktabgacha taʼlim vazirligi taqdirlandi.

«Eng namunali vazirlik va idora» tanlovida Ichki ishlar vazirligi 1-o‘rin, Mudofaa vazirligi 2-o‘rin, Milliy gvardiya va “O‘zkimyosanoat” AJ 3-o‘rinni egalladi. Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi 4-o‘rin, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 5-o‘ringa munosib topildi. Har ikki tanlovning mutlaq g‘oliblariga Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomobili va 15 million so‘mlik kitoblar to‘plami taqdim etildi. 2-o‘rin egalariga – 40 million so‘m pul mukofoti va 12 million so‘mlik kitoblar to‘plami; 3-o‘rin sohiblariga – 25 million so‘m pul mukofoti va 8 million so‘mlik kitoblar to‘plami; 4-5-o‘rinlarga esa – 10 million so‘mlik pul mukofoti topshirildi.

Text to speech