Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

MILLIY GVARDIYA BOSHQARMA BOSHLIG‘I KUBOGI O‘Z EGASIGA TOPSHIRILDI

Kuni kecha Surxondaryo viloyati Termiz shahrida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning "Mini futbol" turi bo‘yicha Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqa uch kun davom etib, unda o‘ttizdan ortiq mahallalar sharafini 300 nafarga yaqin yoshlardan tarkib topgan jamoalar himoya qildi. Hamjihatlikda to‘p surgan va jismonan chiniqqan yoshlar bo‘lsa, g‘oliblik uchun asosiy daʼvogarlardan bo‘lishdi. Bellashuv yakuniga ko‘ra 3-o‘rinni “Jo‘yjangal” mahallasi jamoasi , 2-o‘rinni bo‘lsa, "Eski shahar" mahallasi egalladi. Musobaqa Kubogini o‘yinda o‘zini yuqori mahoratiga ega bo‘lgan “Baynalminal” mahalla yoshlari qo‘lga kiritdi.

Musobaqa so‘ngida barcha g‘olib va sovrindorlarga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Bu kabi musobaqalar yoshlarning bir maqsad sari birlashtirib, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Text to speech