Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida 200 dan ortiq maktab o‘quvchilari va OTM talaba yoshlari ishtirokida Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.
Tadbir davomida, yoshlarning Milliy gvardiya faoliyati bilan tanishishlari uchun harbiy qism bo‘ylab sayohat tashkil etilib, qurol-yarog‘lar hamda harbiy texnikalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar tizim faoliyati, o‘quv sinflari, kutubxona, tog‘ tayyorgarligi maydoni bilan yaqindan tanishib, ko‘plab maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Harbiy qismlarda bu kabi tadbirlarda yoshlarning ishtirok etishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sodiqlik, ona Vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan ulg‘ayib, komil insonlar bo‘lib yetishishida ahamiyatlidir.