Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan savdo kompleksida ehtiyotsizlik tufayli yo‘qotilgan buyumlar, o‘z egalariga topshirildi
Qo‘qon shahrida joylashgan “Istiqlol” savdo kompleksiga Namangan viloyatidan tashrif buyurgan va shaxsiy ehtiyotsizligi oqibatida 1. 200.000 so‘m hamda boshqa buyumlar solingan sumka, shuningdek, 3.000.000 so‘m puli bo‘lgan hamyonini yo‘qotib qo‘ygan fuqarolarning “1215” raqamiga qilgan murojaatiga asosan harbiy xizmatchilar tomonidan amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida har ikkala sumka va boshqa moddiy vositalar o‘z vaqtida topilib, kamchiliklarsiz fuqarolarga topshirildi.
Savdo kompleksiga jamoat tartibini saqlash xizmatiga jalb etilgan harbiy xizmatchilar tomonidan doimiy ravishda tadbirkorlar va tashrif buyuruvchilarni o‘z moddiy boyliklariga eʼtiborli bo‘lishga, kuzatuv kameralari o‘rnatishga hamda har qanday qonun buzilish holatlarida Milliy gvardiya xodimlariga yoki 1215 qisqa raqamiga murojaat qilishlari so‘ralmoqda.