Milliy gvardiya faoliyatini psixologik taʼminlash markazida tizimdagi harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha katta ofitserlar, tavsiya etilayotgan nomzodlar hamda mutaxassis-psixologlar bilan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Joriy yilning 8-10 yanvar kunlari Milliy gvardiya faoliyatini psixologik taʼminlash markazida Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari, brigadalari harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan ishlash bo‘yicha katta ofitserlari, shuningdek, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi hamda uning hududiy boshqarmalari xodimlar va ularning oila aʼzolari bilan ishlash inspektorlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlar bilan seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari hamda Psixologik taʼminlash markazining oliy toifali psixologlari tomonidan zamonaviy interaktiv texnologiyalar asosida 150 nafardan ortiq tinglovchilar bilan olib borildi.
Seminar tashkilotchilari tomonidan Milliy gvardiya tizimlarida psixologik ishlarni tashkil etish va shaxsiy tarkib xizmat faoliyati samaradorligini, xizmat jamoalaridagi maʼnaviy-ruhiy muhitni taʼminlash masalalari, mutaxassis-psixolog xizmat faoliyati davomida qo‘llaniladigan psixologik usul va vositalar hamda ulardan foydalanish asoslari, shuningdek, boshqa bir qator sohaga oid mavzularda nazariy-amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot yakunida, ishtirokchilarning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi va ularning o‘zlashtirganlik darajasini tahlil etish maqsadida nazorat sinovlari o‘tkazildi