Milliy gvardiya tizimidagi harbiy qism komandirlari uchun Toshkent viloyatining Angren harbiy dala o‘quv poligonida navbatdagi o‘quv yig‘ini tashkil etildi
Milliy gvardiya bo‘linmalarida jangovar tayyorgarlik tizimini innovatsion va ilmiy yondashuvlar asosida yana-da takomillashtirish, maxsus vazifalarni bajarish amaliyotida ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha taktik-o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Toshkent viloyatining Angren dala o‘quv poligonida, Milliy gvardiya tizimidagi harbiy qism komandirlari uchun tashkillashtirilgan navbatdagi o‘quv yig‘indan ko‘zlangan maqsad ham komandirlarning favqulodda vaziyatlarda, tog‘li va notekis masshtablarda harakatlanish, shuningdek shahar hududidagi nostandart vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi.
O‘quv yig‘ini yakunida, olib borilgan mashg‘ulotlar davomida o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy ko‘nikmalar yuzasidan sinovlar qabul qilindi.