Milliy gvardiya tizimlarida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchi ayollar ham “Xon atlas” festivalida faol qatnashib, milliy meros darajasidagi liboslarimiz targ‘ibotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va anʼanalari, did, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas”festivalini o‘tkazish anʼanaga aylangan.
Mazkur festival ikki bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilib, bugun respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik va idoralarda, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilotlarda bo‘lib o‘tmoqda.
Ayni festivalda Milliy gvardiya tizimlarining ayol harbiy xizmatchilari ham faol tarzda qatnashmoqda.