Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Yosh gvardiyachi" musobaqasi o‘tkazildi
Kuni kecha Xorazm viloyati va tumanlarida joylashgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Yosh gvardiyachi" musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa shartlarida barcha yoshlar faol ishtirok etib, o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Bellashuv hakamlar tomonidan odilona baholanib borildi va g‘oliblar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.