Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“MILLIY GVARDIYA VA YoSHLAR” MAVZUSIDA UCH AVLOD UCHRASHUVI

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Milliy gvardiya va yoshlar” mavzusida uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov, Milliy gvardiya faxriysi, istefodagi polkovnik Sh.Usmonov va dzyudo, boks, og‘ir otletika sport turlari bo‘yich Olimpiada, Jahon va Osiyo g‘olib va sovrindorlari podpolkovnik R.Sobirov, kapitan X.Do‘stmatov, oddiy askar D.Yoqubov hamda katta leytenant R. Qodirovalar yoshlar bilan suhbat qurishdi. O‘quvchilar harbiy soha va sportda erishilayotgan yutuqlar zamiridagi mashaqqatli mehnat haqida ulardan qiziqarli maʼlumotlarni olishdi. Tadbir davomida mehmonlarga tashakkurnomalar topshirilib, ularning boy tajribasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishida beqiyos ekanligi taʼkidlandi. Uchrashuvga yosh isteʼdod sohiblari ham taklif etilganligi, ularning sahnadagi ko‘rgazmali chiqishlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi. Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar esa o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbida mard va jasurlik xislarini uyg‘otdi. Shuningdek, tadbirga Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi Respublika o‘g‘il bolalar tarbiya muassasasidan tashrif buyurgan tarbiyalanuvchilar uchun markaz bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Bundan tashqari ular poytaxtimiz markazida joylashgan “Prezident archasi”da ham bo‘lishib, taʼtil kunlarini maroqli o‘tkazishdi.

Text to speech