Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazi tinglovchilarining navbatdagi bitiruv hamda qasamyod qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mustaqilligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilarining tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 44 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda o‘quv markazi rahbariyati va masʼul xodimlar ishtirok etib, tinglovchilarga zimmasidagi masʼuliyatli va sharafli vazifani mukammal ado etishda egallagan bilim va ko‘nikmalari o‘z samarasini berishiga ishonch bildirildi.